16.03.2026
Sug‘urta sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish hamda sug‘urta biznesi yo‘nalishida malakali mutaxassislarni tayyorlash tashabbuslari doirasida Uzbekinvest, British Management University in Tashkent ga ixtisoslashgan kitoblarni sovg‘a qildi.
Taqdim etilgan nashrlar universitet kutubxonasi fondini boyitdi va talaba hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida foydalaniladi. Ushbu kitoblar sug‘urta sohasini chuqurroq o‘rganish va talabalarning professional kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Universitet akademik resurslarni rivojlantirish va ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani uchun Uzbekinvest Export-Import Insurance Company ga samimiy minnatdorchilik bildiradi.